Rossiya mamlakat markaziy harbiy okrugidagi aviatsiya va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini tekshirishga kirishdi. Eurointegration.com.ua’ning xabar berishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi kutilmagan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarni ogohlantirgan.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

Mashg‘ulotlarga 12 mingga yaqin harbiy xizmatchi, 250 samolyot va vertolyot, 700ta turli qurol va harbiy texnikalar jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Harbiy aviatsiya qanotli raketalar yordamida Komi respublikasidagi Pemboy poligonidagi shartli dushman marralariga zarba berish ustida ishlaydi, zenit raketa bo‘linmalari esa Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar va Ashuluk poligonlariga marsh yurishini amalga oshiradi.

Qayd etish joiz, Rossiya qurolli kuchlarining kutilmagan mashg‘ulotlari starti NATO boshchiligidagi Arctic Challenge-2015 harbiy mashg‘ulotlari boshlanadigan kunga to‘g‘ri keldi. Arktika havzasida o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotlarda Shvetsiya, Finlandiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSH va Gollandiya qatnashmoqda.