Moskva—Peterburg reysi yo‘lovchisi o‘zini o‘ldirishga urindi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: chto-proishodit.ru

Foto: chto-proishodit.ru

Jabrlanuvchi 62 yoshli ozarbayjonlik shaxs bo‘lgan. U hojatxonaga qamalib olgan va chap qo‘lidagi vena qon tomirini kesgan.

Hodisa 25-may kuni kechqurun samolyot Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qo‘ngan vaqtda sodir bo‘ldi. Erkakni bort kuzatuvchisi ko‘rib qoldi va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlarini chaqirdi. U o‘rtacha og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

IIVning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi bo‘yicha transport boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, parvoz vaqtida yo‘lovchilar o‘rtasida hech qanday nizolar kelib chiqmagan, ulardan shikoyat ham tushmagan. Bu ish bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.