Amerikalik olimlarning aniqlashlaricha, favqulodda jaziramalardan ko‘ra qahraton kunlarda ko‘proq odam halok bo‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

Tadqiqotchilar jahonning 13 mamlakatidagi 384 shaharda 1985-2012-yillar oralig‘ida qayd etilgan 74 millionga yaqin o‘lim holatlarini o‘rganib chiqib, ularning 7,3 foizi sovuq havo bilan, atigi 0,4 foizi esa jazirama bilan bog‘liqligini aniqlashdi.

Olimlar yana bir kutilmagan xulosaga kelishdi: kutilmagan ob-havo sharoitlari iqlim bilan bog‘liq o‘lim holatlarining faqat 11 foiziga daxldordir. “Organizmni quyosh yoki sovuq urushi natijasida halok bo‘lganlar soni ko‘pchilikni tashkil etmaydi”, - deb yozadi tadqiqotchilar.

Tadqiqot yakunlariga ko‘ra sovuq havoning xavflilik darajasi oshib ketganiga olimlar Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi shaharlarni ko‘rib chiqmaganliklari ham qisman ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.