5-iyun kuni Latviyaning Yurmala shahrida Eurochambers — Yevropa Savdo-sanoat palatalari uyushmasining Markaziy Osiyo davlatlari Savdo-sanoat palatalari rahbarlari ishtirokida plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.

Yurmala. Foto: review.uz

Yurmala. Foto: review.uz

Uchrashuv uch qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismda tarkibiga Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Moldova, Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya tashkilotlari kiradigan Eurochambers’ning bevosita o‘z yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Ikkinchi qismda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo forumi boshlanib, unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Savdo-sanoat palatalari rahbarlari o‘z mamlakatlaridagi biznes imkoniyatlari haqida ishtirokchilarga ma’lumot beradi. Uchinchi qism esa norasmiy uchrashuvlardan iborat bo‘ladi.