Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Cruze sedanining ilk rasmiy tizerini tarqatdi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”. Avtomobilning o‘zi 24-iyun kuni to‘liq namoyish etiladi.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Cruze’ning old qismi dizayni butunlay o‘zgaradi: radiator panjarasi va faralar shakli umuman boshqacha bo‘ladi, old bamper esa tumanga qarshi yoritkichlar uchun yangi bo‘limlarga ega bo‘ladi.

Nashr eslatishicha, avvalroq navbatdagi Cruze’ning multimedia tizimiga Google kompaniyasining Android Auto hamda Apple’ning CarPlay dasturlarini o‘rnatish mumkin bo‘lishi xabar berilgan edi.

Avtomobil 160 ot kuchini bera oladigan 1,5 litrli dvigatel bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Shuningdek, 151 ot kuchiga ega 2 litrli motor bilan ham ishlab chiqariladi.