To‘rt nafar nemis mexanigidan iborat jamoa avtomobil g‘ildiraklarini almashtirish tezligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi “Motor.ru”.

Foto: guinnessworldrecords.com

Foto: guinnessworldrecords.com

Faqatgina g‘ildirak kalitlarini ishlatgan holda ular 59,62 soniya ichida barcha g‘ildiraklarni almashtirishga ulgurdi. Bu bilan ular avvalgi rekordni 24,23 soniyaga yaxshiladi.

Qoidaga ko‘ra, g‘ildiraklarni almashtirish elektr qurilmalarisiz amalga oshirilishi kerak edi.

Rekordni o‘rnatgan mexaniklar avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi Kfzteile24 kompaniyasida ishlaydi.