Angliyaning Millward Brown Optimor tahlil kompaniyasi dunyoning eng qimmat avtomobil brendlari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Toyota egalladi, deb xabar beradi “Segodnya”.

Foto: cnn.com

Foto: cnn.com

Ekspertlar yapon kompaniyasini 28,913 milliard dollarga baholadi. Bu raqam o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2 foizga pastroq. Butun dunyo brendlari ro‘yxatida esa Toyota 4 pog‘ona pastladi — 26-o‘rindan 30-o‘ringa.

Ikkinchi o‘rinni BMW egalladi. Germaniya markasi 26,349 milliard dollarga (+2%) baholandi. BMW umumiy reytingda 2014-yilda 32-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, bu yil 34-pog‘onani egalladi. Uchinchi pog‘onani Mercedes-Benz 21,786 milliard dollar bilan band qildi. Ushbu marka butun dunyo brendlari reytingida bir pog‘ona pastladi va 43-o‘ringa joylashdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni tegishlicha, Honda (13,332 milliard dollar) va Ford (13,106 milliar dollar) egalladi.

Millward Brown Optimor tahlilchilari tomonidan dunyoning eng qimmat brendlari deb Apple (246,992 milliard dollar), Google (173,652 milliard dollar) va Microsoft (115,500 milliard dollar) topildi.