Rim papasi rasmiy tashriflar va Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonidagi haftalik ibodat vaqtida odamlar oldiga chiqish uchun yangi avtomobilga ega bo‘ldi. Motor.ru’ning xabar berishicha, katolik cherkovi rahbari endi usti ochiq Hyundai Santa Fe’da harakatlanadi.

Foto: Motor.ru

Foto: Motor.ru

Bungacha Fransisk Mercedes-Benz M-Class negizidagi, kuzovining orqa qismiga o‘q o‘tmas oynavand kapsula o‘rnatilgan papamobildan foydalanib kelayotgandi. Bunday kapsulalardan 1981-yildan beri – Rim papasi Ioann Pavel IIga nisbatan suiqasd uyushtirilganidan beri foydalanib kelishadi. Hyundai’ning papa uchun mo‘ljallangan avtomobilida bunday kapsula yo‘q.

Papamobil Santa Fe’ning restaylinggacha bo‘lgan varianti bazasida tayyorlangan. Kuzovning orqa qismiga uchta o‘rindiq, eshiklar ostiga esa harakatlanuvchi poygak qo‘yilgan. Avtomobil hajmi 2,2 litr bo‘lgan dizel dvigateli bilan ta’minlangan.