Amerika hukumati Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan xalqaro iqtisodiy forumda hech bir darajada ishtirok etmaydi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.

Foto: RT.com

Foto: RT.com

AQSH ma’muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harakatlari so‘nggi vaqtlarda yanada tajovuzkor ko‘rinish olgan, shu sababli ham Peterburg forumida ishtirok etish maqsadga muvofiq emas.

Oq uy ma’muriyati 2014-yili ham, Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlaridan norozi ekanligini bildirish maqsadida, Amerikaning yetakchi kompaniyalari Peterburg forumida ishtirok etishdan ochiqchasiga qaytargan edi.