AQShning Arizona shtatida yashovchi erkak mingga yaqin asalarining chaqishidan so‘ng ham omon qoldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Foto: Global Look

Foto: Global Look

Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi o‘ziga ajratilgan hududda ishlayotganda kutilmaganda asalarilarni bezovta qilib qo‘ygan. Unga o‘n minglab asalari hujum qilib, chaqishni boshlagan. Erkak mashinasigacha qochib borishga ulgurgan.

Oqibatda uni kasalxonaga yotqizishgan va hozirgi vaqtda jabrlanuvchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Asalarilar hujumi vaqtida jabrlanuvchiga yordam berishga uringan ikki o‘tkinchi ham zarar ko‘rgan, biroq ularni kasalxonaga yotqizish zarurati tug‘ilmagan.

Hodisa joyiga chaqirilgan asalarichining o‘zini hasharotlar 23 marta chaqib olgan. Uning fikricha, asalarilar hodisadan so‘ng o‘ziga kelib, odatiy hayot tarziga qaytishi uchun bir necha kun kerak bo‘ladi.

Ma’muriyat hudud aholisini hasharotlarni yopiq inshootlarda saqlashga chaqirib, hodisa joyiga yaqinlashmaslik, unga yaqin joydan o‘tayotganda esa avtomobillarning oynasini yopib olish haqida ogohlantirdi.