Fevral oyida o‘ldirib ketilgan rossiyalik muxolifatchi Boris Nemsovning qizi Janna otasining nomi bilan fond tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda “Novaya gazeta” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

“Janna Polshada marhum otasi uchun berilgan Freedom Award’ni qabul qilib oldi va Boris Nemsov fondi tashkil etilishini e’lon qildi”, - deb yozdi Nemsovning yaqinlaridan biri Ilya Yashin o‘z tvitterida.

Fond faoliyati aynan qaysi sohalarni qamrab olishiga Yashin aniqlik kiritmadi.

9-iyun kuni Janna Nemsova, bir qator tahdidlardan so‘ng, Rossiyani tark etgani ma’lum bo‘lgandi. Uning qayd etishicha, Rossiya hokimiyatini tanqid qilganlarning barchasi xavf-xatar ostidadir.

Janna Nemsova otasining o‘limi uchun siyosiy javobgarlikni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yukladi.

Eslatib o‘tamiz, siyosiy arbob Boris Nemsovni 27-fevral oqshomida Moskva markazida otib ketishgandi.