Ko‘plab fotosuratlarda tamaki chekayotgani holda namoyon bo‘ladigan KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘z mamlakati uchun sigerat importini chekladi. Kommersant.ru’ning xabar berishicha, mazkur cheklov haqidagi buyruq o‘tgan yili imzolangan va, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR Tayvandan sigaret sotib olishni to‘xtatgan.

Foto: newfocusintl.com

Foto: newfocusintl.com

KXDRdagi savdo aylanmasini kuzatib boruvchi Koreya savdoga ko‘mak berish tashkiloti (KOTRA)ning Taybeydagi vakolatxonasi 2015-yil yanvar-mart oylari davomida Shimoliy Koreyaga biror marta sigaret yetkazib berilganini qayd etmadi. Bir yil avval xuddi shu vaqt oralig‘ida 2006-yildan beri KXDRning asosiy tamaki yetkazib beruvchisi hisoblangan Tayvandan Koreyaning shimoliga 80 ming dollarlik mahsulot yuborilgandi.

KXDRda tamaki chekishga qarshi tashviqot ishlari olib borilmoqda, xususan, tamaki mahsulotlari narxi oshirilmoqda. Ayni vaqtda, mazkur cheklov Xitoydan kirib keladigan mahsulotlar uchun ta’sir qilmagan – Xitoydan KXDRga 2014-yil yanvar-aprelida 10 ming dollarlik tamaki olib kirilgan bo‘lsa, 2015-yilning hisobot davrida ham mazkur ko‘rsatkich takrorlangan.