Papua-Yangi Gvineya orollari sohillarida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

eq1084378_2

Zilzila markazi Papua-Yangi Gvineyaning Sharqiy Sepik viloyati ma’muriy markazi – Vevak shahridan 41 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila natijasida yuz bergan vayronagarchiliklar va halok bo‘lganlar haqida axborot kelib tushganicha yo‘q.

Shuningdek, sunami tahdidi ham kutilmayapti.