Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko telefon suhbati vaqtida AQSh vitse-prezideti Jozef Baydenga Ukraina armiyasi mudofaa salohiyatini oshirish uchun AQSh tomonidan yordam ajratilishini qo‘llab-quvvatlashni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “Vedomosti.ru” xabar bermoqda.

Poroshenko 130515

Ukraina prezidenti matbuot xizmatining qayd etishicha, tomonlar Donbassdagi vaziyat yanada chigallashadigan bo‘lsa, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan keyingi choralarni belgilab olish muhimligini qayd etdi.

Bundan tashqari, Poroshenko va Bayden Ukrainani bundan keyin ham mikromoliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qildi.

Ukraina prezidenti AQSh vitse-prezidentiga murojaat qilarkan, Ukrainada boshlangan islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashni ortga qaytarib bo‘lmasligini ta’kidlagan.