O‘zbekiston Yevangel-lyuteran cherkovi rahbari, yepiskop Kornelius Vibe 22-iyun kuni 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita saytida axborot berildi.

Foto: Gazeta.uz

Foto: Gazeta.uz

U O‘zbekiston Yevangel-lyuteran cherkovi tashkilotchisi, shuningdek, O‘zbekiston Bibliya jamiyatini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri edi.

Yepiskop o‘z hamjamiyati haqida qayg‘urardi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va boshqa jamoat va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etardi.

Uning chiqishlari, nutqlari bag‘rikenglik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga to‘la edi. “U, shuningdek, yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga ham katta e’tibor qaratardi”, - deyiladi qo‘mita xabarida.