Jahon banki Nepalga aprel va mayda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan so‘ng qayta tiklanish uchun yordam sifatida 500 million dollar ajratadi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Mablag‘ning 200 million dollari qishloq xo‘jaligini qayta tiklashga, 100 millioni bank tizimini rivojlantirishga, yana 100 dan 200 milliongachasi Jahon bankining Nepalda boshlab qo‘yilgan loyihalariga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, Jahon banki Nepalga xalqaro donorlar anjumanini tashkil qilishda yordam berishni va’da qildi.

Nepal hukumati mamlakat to‘liq tiklanishi uchun besh yil davomida 6,6 milliard dollar talab etilishini ma’lum qilgan edi.