22-iyun kuni O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligida Koreya Respublikasining Hisob palatasi komissari Chin Yeng Gon rahbarligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mehnat.uz

Foto: mehnat.uz

Uchrashuv chog‘ida Chin Yeng Gon ayni paytda Koreya o‘z korxonalariga dunyoning faqat 16 mamlakatidan ishchilarni jalb etayotgani va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlikka alohida ahamiyat berayotganini ta’kidladi. Mehmon qayd etishicha, buning sabablaridan biri ikki xalqni strategik hamkorlik bilan birga, tarixiy va madaniy aloqalar bog‘lab turishidir.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistondan ishchilarni qabul qilish kvotasini oshirish masalasini muhokama qildi. Chin Yeng Gon o‘zbekistonlik ishchilar yuqori intellektual va kasbiy sifatlarga ega ekanligi tufayli Koreyada ularga talab kattaligini aytdi.