Ramzan Qodirov Chexiyada otlariga joriy etilgan sanksiyalar yuzasidan fikr bildirdi. U Facebook sahifasida yozishicha, “Yevropa mamlakatlari hukumatlari bolalikka qaytib, otlar bilan bog‘liq dahmazalar bilan shug‘ullanmoqda”.

Foto: Facebook / RKadyrov95

Foto: Facebook / RKadyrov95

“G‘arbda dunyodagi eng tinchliksevar, mehribon va muloyim jonivor — otlar huquqlari bu tarzda poymol etilayotgan bir paytda u yerda qanday qilib inson huquqlari haqida suhbatlashish mumkin?” — deb yozdi Qodirov. U bu haqda Butsefal (Iskandar Zulqarnaynning sevimli oti) eshitganida hayratga tushgan bo‘lishi, Iskandar Zulqarnayn esa otlar huquqlarini qayta tiklash uchun urush e’lon qilgan bo‘lishini qayd etdi.

“Biroq bizning yo‘limiz urush emas. Ishonchimiz komilki, Deshing Xoum hamda uning safdoshlari Aldar va Aldzabr (Ramzan Qodirovning Chexiyadagi otlari) jonkuyar vazirlarga qarshi o‘zlari bas kela oladi”, — deya so‘zlariga yakun yasadi Checheniston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Chexiya moliya vazirligi Ramzan Qodirov o‘z otlarining Chexiya poygalaridagi g‘alabasidan daromad ololmasligini ma’lum qildi. Idoradagilar aniqlik kiritishicha, “bunday faoliyatdan tushgan har qanday daromad faqat mol-mulkni boshqarish va saqlashga sarflanadi”. Agar daromad xarajatdan ortsa, u Chexiya hududida muzlatiladi. Bunday qarorga Chexiyada o‘nlab poyga otlariga egalik qiluvchi Qodirovga nisbatan individual sanksiyalar uzaytirilgani sabab bo‘ldi.