O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali javob o‘yinidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv haqidagi va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi to‘g‘risida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Paxtakor” klubi matbuot xizmati.

Foto: pakhtakor.uz

Foto: pakhtakor.uz

Samvel Babayan: - G‘alaba va keyingi bosqichga chiqish uchun zarur bo‘lgan ishni amalga oshirdik. Kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan yigitlarga imkoniyat berdik. Futbolchilar baribir kuchni tejab harakat qildi. Shu sababli ikkinchi bo‘limda ba’zi xatolar yuzaga keldi. Bularni alohida ko‘rib chiqamiz. Lobanov tanaffusdan keyin bir qator holatlarda o‘zini ko‘rsatdi.

Terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishim men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Bu men uchun katta faxr. “Paxtakor”da kim ishlashidan qat’i nazar tizim davom etishi kerak. Men shuni maqsad qilgandim. “Paxtakor” o‘zbek futbolining bayroqdori bo‘lib qolaveradi.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayen 23-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.