Rolls-Royce kompaniyasi o‘zining eng kuchli modeli — Wraith kupesining maxsus modifikatsiyasini ishlab chiqdi. “Motor.ru” xabariga ko‘ra, yangi mahsulot St. James Edition nomini oldi.

Foto: “Motor.ru”

Foto: “Motor.ru”

Ikki eshikli avtomobil 6,6 litr hajmdagi, 633 ot kuchiga ega 12 silindrli tvin-turbo motor bilan ta’minlangan. Dvigatel sakkiz bosqichli “avtomat” uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.

Wraith kupesi 4,6 soniyada 100 kilometr tezlikka erishadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga teng.

Faqat qizil rangda bo‘ladigan Rolls-Royce Wraith St. James cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi, biroq aynan qancha ishlab chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmayapti.

Bir necha oydan so‘ng Rolls-Royce oilasida yangi – Dawn nomli model paydo bo‘ladi. Model yig‘iladigan yumshoq tomga ega bo‘ladi va xuddi Wraith’dagi 12 silindrli agregat bilan ta’minlanadi.