Amerikaning NASCAR poyga turkumida poygachi Ostin Dillionning avtomashinasi qatnov davomida uchib ketib, to‘siqqa urildi, deb xabar beradi The Daily Mail.

Foto: sportonline.ua

Foto: sportonline.ua

Halokat  paytida sport mashinasining tezligi soatiga 200 milni (321 kilometr atrofida) tashkil etgan. Musobaqani kuzatayotgan 13 nafar tomoshabinlar jabrlandi. Poyga yo‘lagiga tashrif buyurganlarga avtomashinaning sinib ketgan bo‘laklari va to‘siq qurilmasining qismlari tegib ketdi.

Dillionning o‘zi jiddiy shikastlanmadi, shifokorlar uning qo‘li va dumg‘azasi lat yeganligini aniqladi. Manbalarda ta’kidlanishicha, halokat sababi Deytona-Bich shahridagi (Florida shtati) noqulay ob-havo sharoiti bo‘lishi mumkin.