New Horizons sayyoralararo stansiyasi Plutonning 12,5 dan 14,9 million kilometrgacha bo‘lgan masofadan olingan yangi suratlarini uzatdi. Bu haqda Meduza xabar qiladi.

Foto: NASA

Foto: NASA

Suratlar 1—3-iyul kunlari olingan.

Foto: NASA

Foto: NASA

4-iyul kuni New Horizons stansiyasi faoliyatida uzilish yuz berdi. Stansiya kompyuteri xavfsiz rejimga o‘tdi. Uning amal qilishi davomida qurilma ilmiy ma’lumotlar to‘play olmaydi. Missiya rahbarlari nosozlikning bartaraf etilganligi va stansiya 7-iyuldan to‘liq ishlay boshlashini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, New Horizons qurilmasi Pluton va uning eng yirik yo‘ldoshi – Xaronning rangli suratlarini 20-iyun kuni Yerga uzatgan edi. Bundan tashqari, stansiya Pluton va uning yo‘ldoshlari – Xaron, Nikta va Gidraning oq-qora suratlarini ham olgan.

New Horizons sayyoralararo avtomatlashtirilgan stansiyasi 2015-yilning 14-iyul kuni Plutonga minimal masofa – 12,5 ming kilometrgacha yaqinlashishi kutilmoqda.