O‘zbek muhandislari Registon ansamblini Xalqaro madaniy yodgorliklarning uch o‘lchamli modellari ro‘yxatiga qo‘shish uchun uning 3D suratini olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Anons.uz”.

Foto: anons.uz

Foto: anons.uz

Registonning 3D modeli 500 ta madaniy yodgorlik obyektlarining uch o‘lchamli modellari ro‘yxati — CyArk500’ga kiritildi.

Samarqand shahrining bosh obidasining 3D modelini yaratishga O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligi ruxsat bergan.

Hozirgi kunga kelib CyArk500 ro‘yxatiga Italiyadagi Piza minorasi, Sidneydagi opera teatri, Londondagi Tauer qasri kabi yodgorliklar kiritilgan.