Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga 15-iyulda keladi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: vm.ru

Foto: vm.ru

Oldinroq Sergey Lavrovning O‘zbekistonga 14-iyulda kelishi xabar qilingandi.

Sergey Lavrov ishchi tashrifi davomida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qabulida bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Mazkur muzokaralar davomida ikki tomon kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.