Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimi barqaror rivojlanishi to‘g‘risidagi prognozni tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: moodys.com

Foto: moodys.com

Agentlik ekspertlarining fikricha, O‘zbekiston banklari 12−18 oy mobaynida aktivlar rentabelligi va kapital singari foydalilik ko‘rsatkichlarini mos ravishda hozirgi 1,5 foiz va 13−15 foiz darajasida saqlab qoladi.

Bunday prognozga O‘zbekiston iqtisodining sezilarli darajada o‘sishi, mijozlar omonatlarining ko‘payishi va yirik banklarga hukumat tomonidan yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarning sezilarli darаjasi evaziga saqlanib qoladigan likvidlikning barqaror darajasi singari omillar asos bo‘lgan.