Namangan shahar tibbiyot kollejining 50 yoshli ayol o‘qituvchisi 1200 dollar miqdorida pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, “Uz24.uz” xabar qilmoqda.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

O‘qituvchiga erkak tanishi qo‘ng‘iroq qiladi va 3 nafar jiyanini tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritmoqchi ekanligini aytadi. Qizlardan birining maktab attestati bilan bog‘liq muammosi borligi uchun o‘qituvchi erkakdan pul talab qiladi.

O‘qituvchi pora olayotgan vaqtida huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.