“Vertolyoti Rossii” xoldingi “O‘zbekiston havo yo‘llari” millliy aviakompaniyasiga bitta Mi-8MTV-1 vertolyotini yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

“Vertolyotni yetkazib berish ishlari yakunlandi, aviakompaniya undan foydalanishga kirishdi”, − dedi “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakili. Qiymati 12,7 million dollarlik vertolyotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2014-yil yanvar oyida tuzilgan bo‘lib, aviakompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Rossiya vertolyotidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” takribiga kiruvchi “Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” foydalanadi.