Toshkent shahri markazida, Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari chorrahasi yaqinida Matiz avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar berilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Guruhda keltirilgan suratlarda oq rangli Matiz yo‘l o‘rtasida o‘ng tomoni bilan ag‘darilib yotgani, old oynasi sinib ketgani ko‘rinib turadi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ichidagi yo‘lovchilarga zarar yetmagan, faqat ular hodisadan shok holatida bo‘lgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida Spark yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa urilib, oltita panjarani buzib yuborgani xabar berilgan edi.