1-avgustdan Toshkentda ko‘p xonadonli turar joylardagi isitish tarifi 8 foizga oshadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Yangi tarif isitiladigan bir kvadrat metr maydon uchun oyiga hozirgi 941,14 so‘m o‘rniga, 1019,59 so‘mni tashkil etadi.

Tarifning oshishi “issiqlik quvvati iste’molining solishtirma me’yori o‘zgarishi” bilan asoslanadi.

So‘nggi marta poytaxtda isitish va boshqa kommunal xizmatlar narxi shu yilning 15-mayida oshirilgan edi.