Tailandda matematika fani bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan 56-jahon fan olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari – Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchilari Jamshid Yaxshiyev va Abbos Muhamedov bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: ukcollegesonline.co.uk

Foto: ukcollegesonline.co.uk

Sovrindorlar safidan o‘rin olgan bu yoshlar mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga matematika yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli asosda qabul qilinadi.

2009-yilda maktab-internat negizida tashkil etilgan 3-Qorako‘l akademik litseyi O‘zbekistonda ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishayotgan o‘quv dargohlaridan. Akademik litsey direktori, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi To‘xtamurod Jumayevning ta’kidlashicha, ta’lim maskani tarbiyalanuvchilari turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha bir necha marta xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Ular hisobidagi xalqaro medallar soni 33 taga yetdi.