Qizg‘in sur’atlarda rivojlanayotgan Murad Buildings developerlik kompaniyasi 2015-yil oxirigacha Toshkent shahridagi bog‘ hududlariga va turar joy hovlilariga qushlar uchun 2000 ta uya o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

logo14

Aksiyada qatnashib, qush inlarini yasash va ularni o‘rnatish orqali shaharni ko‘rkamlashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalari talabalari taklif etiladi. Ushbu aksiya yoshlarning bo‘sh vaqti foydali o‘tishiga imkon beradi, shuningdek, ularning o‘z mehnati bilan mustaqil pul ishlab topishini ta’minlaydi.

Aksiya ekologik xususiyatga ham ega. U ko‘plab qushlarga daraxtlarga emas, yog‘ochdan yasalgan qulay inlarga o‘rnashishga yordam beradi. Ular oddiy xas-cho‘pli uyalardan farqli ravishda, Toshkent shahridagi ko‘kalamzor hududlarning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Bundan tashqari, qulay qush uychalari uyalardan qush bolalarining tushib ketishi xavfini kamaytiradi, shuningdek, ularning mayda yirtqichlar va bezorilar tomonidan buzib ketilishi muammosini ham bartaraf qiladi.

Foto: Murad Buildings

Foto: Murad Buildings

“Kompaniyamiz o‘zining aniq missiyasiga ega, unda ijtimoiy va ekologik jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi!” — deydi Murad Buildings asoschisi va rahbari Murod Nazarov.

Aksiyada ishtirok etishni xohlasangiz:

Agar bizning loyiha sizga qiziq bo‘lsa va unda ishtirok etishni istasangiz, (+998-90) 372-27-11 telefon raqami orqali bizga qo‘ng‘iroq qiling!

Kompaniya haqida:

Murad Buildings — O‘zbekistonda ko‘chmas mulk qurilishi sohasida faol ish olib boruvchi kompaniya. Faoliyatining asosiy yo‘nalishi ko‘p xonadonli uylar va shunga mos ijtimoiy infratuzilmani o‘z ichiga oluvchi uy-joy loyihalarini rivojlantirishdan iborat. Turar-joy majmualari individual me’moriy konsepsiya bo‘yicha quriladi va turlicha daromadga ega keng auditoriya uchun mo‘ljallanadi.

Quruvchilikka bo‘lgan mehr va ishtiyoq orqali birlashgan o‘z ishining yosh va g‘ayratli ustalaridan iborat yangi menejment jamoasini shakllantirib, biz bundan keyin ham bozor talablariga javob beruvchi yangi loyihalarni faxr bilan rivojlantirib borish uchun qat’iyatga to‘ldik.

Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqi asosida