Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining bir guruh yetakchi mutaxassislari AQShga safarini yakunladi, deya xabar bermoqda “Infocom.uz”.

Foto: infocom.uz

Foto: infocom.uz

O‘zbekistonlik mehmonlar AQShdagi qator yirik axborot-kutubxona muassasalariga tashrif buyurdi. Safar chog‘ida ular AQSh Kongressi kutubxonasi, shuningdek, mamlakat ta’lim va muzey muassasalari qoshidagi boshqa kutubxonalar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari Nyu-York, Bruklin, Boston jamoat kutubxonalaridagi hamkasblari bilan uchrashdi, ularning faoliyati, taraqqiyot rejalari bilan tanishib, ular bilan kitob ayirboshlash haqida kelishib oldi.