Toshkent axborot texnologiyalari universiteti SAP MDH Universitet alyansi tarkibiga kirdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

“SAP Universitet alyansi” dasturi  oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi.

TATU Karyerani rivojlantirish markazi keyinchalik TATU o‘quv dasturiga kiritish uchun SAP Business One majmuasini o‘qitish uslubini o‘rganish bo‘yicha maxsus guruhda ta’lim uchun o‘qituvchilarni ishga olmoqda.

SAP Business One kichik va o‘rta biznes uchun tizimli-tahlilli mahsulot hisoblanadi.