“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 17-iyuldan boshlab Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakat qiluvchi “Sharq” tezyurar poyezdlarining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Foto: uzrailpass.uz

Foto: uzrailpass.uz

12/11-raqamli poyezdlar juma va yakshanba kunlari qatnaydi. Poyezdlar Toshkentdan juma va yakshanba kunlari 18:14 da, Buxorodan esa juma va yakshanba kunlari 16:30 da yo‘lga tushadi.

Ma’lumot uchun, “Sharq” tezyurar poyezdining odatiy kunduzgi reyslari haftaning barcha kunlarida harakatlanadi. Poyezd Toshkent va Buxorodan har kuni 8:40 da yo‘lga chiqadi.