Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolaridan biri bog‘chadan “qochib ketgan” (muallifning o‘zi esa buni “yo‘qolib qolish” deb baholadi) qizchasini o‘z ota-onasiga yetkazgan o‘tkinchiga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Ma’lum bo‘lishicha, post muallifi — qizchaning otasiga bog‘chadan qo‘ng‘iroq qilib, qizining “qochib ketganligi”ni ma’lum qilishgan. U zudlik bilan bog‘chaga yetib borgan.

Bu orada esa o‘tkinchilardan biri besh yoshli qizcha ko‘chada yolg‘iz yurganidan shubhalanib, undan qayerda yashashini so‘rab, u ko‘rsatgan tomonga olib bora boshlagan.  Yo‘lda esa ularni bog‘chaga taksida shoshib ketib borayotgan qizning onasi ko‘rib qolgan.

Muallif voqea baxtli yakun topgani uchun o‘tkinchidan minnatdor ekanligini bildirdi. “Bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik! Indamay o‘tib ketmang! Balki aynan siz kimningdir jajji hayotini qutqarib qolasiz!” — deya qayd etdi foydalanuvchi.