Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent shahridagi turar va noturar joy obyektlari hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning monitoringini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Unda joriy yilning 20-avgustigacha turar va noturar joy obyektlarini o‘rganish, ularda yashayotgan shaxslar soniga aniqlik kiritish hamda mavjud qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha monitoring o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

Monitoring ishlarini amalga oshirishda tuman hokimliklari, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining shahar bo‘limi, “Suvsoz” DUK, “Toshshahargaz” korxonasi, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” korxonasi, “Maxsustrans” IChB, “Toshissiqlikquvvati” hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga joylarda tuman hokimining qarori bilan shtablar tuzish, mahallalarda jamoatchilik ishchi guruhlari shakllantirilishini yo‘lga qo‘yish topshirildi.