2015-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 12,635 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda, Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2014-yilning hisobot davriga (12,572 milliard dollar) nisbatan tashqi savdo hajmi 0,5 foizga o‘sgan.

2015-yilning yanvar—iyun oylarida eksport hajmi 7,4 foizga o‘sib, 6,359 milliard dollarni (2014-yil yanvar—iyun oylarida 5,919 milliard dollar), import hajmi esa 5,7 foizga qisqarib 6,275 milliard dollarni (2014-yil yanvar—iyun oylarida 6,652 milliard dollar) tashkil etdi.

Mos ravishda tashqi savdoning ijobiy saldosi 83,4 million dollarga teng bo‘ldi.