Xalq banki aksiyadorlarining yillik yig‘ilishida bank nomi O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankidan O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga o‘zgartirildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bergan.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Bank nizomidagi tegishli o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2015-yil 20-iyul kuni 25-raqam ostida ro‘yxatga olingan.

Qayd etilishicha, nomidagi o‘zgarishlar bank tomonidan tuzilgan shartnomalar hamda ularda aks ettirilgan huquq va majburiyatlariga ta’sir qilmaydi. Bankning bosh ofisi hamda filiallarining yuridik manzillari, ularning rekvizitlari (nomidan tashqari), elektron manzillari va aloqa telefonlari o‘zgarishsiz qoladi.