Yo‘l-transport hodisalaridan ko‘rilgan yo‘qotish ko‘rsatkichi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 2,8 foizni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Mamlakat YaIM 2014-yilda 144,868 trillion so‘mdan iborat bo‘lganini hisobga olganda, bu 4 trillion so‘mga tengdir.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Bunday ma’lumotlar Toshkentda xavfsiz yo‘l harakati auditi, YTH zich bo‘lgan joylarni boshqarish va YTH ma’lumotlar bazalariga bag‘ishlangan seminarda aytib o‘tildi.

Tadbir Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “TRASEKA (Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yo‘lagi) — Yo‘l harakati xavfsizligi II” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Seminarda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda yo‘llardagi o‘lim holatlari mintaqa mamlakatlari ichida eng kam uchraydi va aholining har 100 ming nafariga 11,32 kishini tashkil etadi.