Toshkent metrosining “O‘zbekiston” yo‘lida dizayni yangilangan vagonlar harakatlana boshladi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida ma’lum qilingan.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi vagonlar “O‘zbekiston” yo‘lida 21-iyul kuni soat 12:00 dan boshlab harakatlana boshlagan. Ular umumiy vagonlar tarkibining qancha qismini tashkil etishi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyining o‘rtalarida Toshkent metrosining “Chilonzor” yo‘lida ham tashqi va ichki ko‘rinishi yangi bo‘lgan vagonlar ishga tushirilgan edi.