16-iyun kuni Toshkentning Yunusobod tumanida Cobalt rusumidagi mashina haydovchisi piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

U jabrlanuvchini avtomobilga o‘tqazib, kasalxonaga yo‘l oldi, biroq yarim yo‘lda u mast ekanligini va bo‘layotgan hodisalarni anglamayotganligini ko‘rib, uni “Uch qahramon” nazorat posti yaqiniga tashlab ketdi. Jabrlanuvchini ko‘rib qolgan fuqarolar uni shoshilinch tibbiy yordam markaziga yetkazdi. Huquqni himoya qilish organlariga xabar berilgach, jinoyatchi aniqlandi va qo‘lga olindi. Ta’kidlanishicha, agar haydovchi o‘z vaqtida jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatganida, u aybsiz deb topilgan bo‘lardi, chunki piyoda mast holda taqiqlangan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

2015-yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida sodir bo‘lgan 97 ta yo‘l-transport hodisasida piyodalarni urib ketgan haydovchilar voqea joyidan yashiringan. Ushbu jinoyatlarning 90 dan ortig‘i fosh etilgan.