Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga Toshkentda inkassator mashinalari yo‘l qoidasini buzayotgani aks etgan suratlar joylashtirildi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Suratlardan birida davlat raqami 01 149 QDA bo‘lgan inkassator mashinasi to‘xtash chizig‘idan, shuningdek piyodalar o‘tish joyidan o‘tib ketgani ko‘rinib turadi. Boshqa bir suratda esa davlat raqami 01 190 QDA bo‘lgan inkassator avtomobili yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish uchun mo‘ljallangan qismida harakatlangani aks etgan. Rasm muallifining so‘zlariga ko‘ra, mashina ustidagi mayoq-chiroqcha ham, maxsus tovushli ishorasi ham yoqilmagan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorining 7.1 bandiga muvofiq, ko‘k rangli yalt–yalt etuvchi chiroq–mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sharti bilan qoidalarning ba’zi bandlaridan chetga chiqishlari mumkin. Ko‘k rangli chiroq mayoqchaga qo‘shimcha qizil rangli chiroq–mayoqcha ham yoqilishi mumkin. Boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishlari uchun bunday transport vositalarida yalt–yalt etuvchi chiroq mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamaslik uchun eng kam ish haqining ikki baravari (236 800 so‘m), qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanganlik uchun eng kam ish haqining 10 baravari − 1 184 000 so‘m miqdorida jarima belgilanadi.