Nestlé Uzbekistan ishlab chiqaradigan mahsulot — sutlarning hammasi Tetra Pak kompaniyasining aseptik qadog‘iga joylanadi. Ushbu qadoq g‘oyasi va uni amalga oshirish oralig‘ida o‘tgan 24 yillik davr ichida sutga konservantlarni qo‘shmaslik, uning yangi, xavfsiz va foydali xususiyatlarini saqlab qolishga qaratilgan jadal ishlar olib borildi.

Foto: Nestlé® Sutim

Foto: Nestlé® Sutim

Tetra Pak kompaniyasining qadog‘i asosida shvetsiyalik Ruben Rausingning miyasiga kelgan muhandislik tafakkuri yotadi. O‘sha vaqtda, uning yoshligi va nafsoniyatidan, prinsipial jihatdan yangi bo‘lgan gigiyenik qadoq haqidagi g‘oyasidan boshqa hech vaqosi yo‘q edi. Yirik sanoatchilar u o‘ylab topgan qadoqni jiddiy qabul qilmay, yangi korxonani moliyalashtirishdan bosh tortadi. Endi muhandis faqat o‘z kuchiga ishonishi mumkin edi xolos. Boshlang‘ich kapitalni yig‘ish ishlari 1929-yilda sochiluvchi mahsulotlar uchun qadoq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik “Okerlund va Rausing” firmasidan boshlanadi.

Sutni qog‘ozga o‘rab bersangiz

XX asrning o‘rtalari. Sut, asosan idishlarga quyib berilayapti, xaridorlar do‘konga o‘zlarining bidoni bilan bormoqda. Biroq tez orada o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan ilk supermarketlar kichkina do‘konlarni siqib chiqara boshlaydi va o‘z vaqtida muhandisdan yuz o‘girgan sanoatchilar alamdan attang deb qoladi.

Tetra Classis — tetraedr o‘rami, ya’ni o‘tgan asrda Alyaskadan to Kamchatkagacha bo‘lgan hududda ommabop bo‘lgan piramidachalar — sutni uzluksiz quyishga asoslangan dastlabki qadoqlar tizimi hisoblanadi. U polietilen qoplamali kartondan tayyorlangan. Tetraedr g‘oyasining genialligi uning chiqindisiz texnologik jarayonida edi. “Qadoq o‘z qiymatidan ko‘prog‘ini tejashi kerak” — deydi Rausing. Uning fikriga sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar ham qo‘shildi. Piramidachalarni tashish juda qulay edi, ular kam joyni egallagan holda, bir-birining orasiga kirib turardi. Eng asosiysi esa, quyish paytida mahsulot o‘zining tozaligini saqlab qoldi. To‘g‘ri, ba’zida piramidachalar bilan kutilmagan holatlar yuzaga kelardi va sut shoshilib turgan qo‘llarda to‘kilib ketardi. Ammo shunga qaramasdan piramidachalar g‘oyasi juda uzoq yashadi, buning ustiga hozir u o‘zining ikkinchi hayotini boshidan kechirmoqda.

Aseptik o‘ram 1961-yilda paydo bo‘ldi. Tashqi tomondan xuddi shunday quticha, lekin qog‘oz va polietilen qatlamlariga zar qog‘oz ham qo‘shilgan. Ana shu qatlam sharofati bilan yorug‘lik nurlari o‘ramning ichiga kirmay qo‘ydi. Agar ultrapasterizatsiyalangan sutni shunday qutiga quysangiz, u uzoq vaqt yaxshi saqlanadi, vitaminlari yo‘qolib ketmaydi, uni yopiq o‘ramida, hatto uy haroratida ham saqlash mumkin. Bu sanoatdagi keskin burilish edi.

Ko‘p qatlamli o‘ram

Insoniyat “ushladim-yedim” tamoyili bo‘yicha bir kun bilan yashashni to‘xtatgani hamon mahsulotni qanday saqlash mumkinligi haqida bosh qotira boshladi. Mashhur “pekincha o‘rdak” taomi oziq-ovqatlarni Xitoy imperatori soliqlaridan yashirishga urinish va jon taslim qilmaslik natijasida paydo bo‘lgan. Buning uchun o‘rdak loy bilan chaplangan va pechda pishirilgan, keyin uni yerga ko‘mib qo‘yishgan. Qadimgi Misrda mahsulotlarni mustahkam yopilgan sopol idishlarda saqlashgan, Osiyoda esa buning uchun ko‘p qatlamli sopol sovutgich xumlar o‘ylab topilgan, ularning siri hamon topilgani yo‘q.

Nestlé Uzbekistan kompaniyasi foydalanadigan sut uchun zamonaviy qadoq tashqi tomondan suv o‘tkazmaydigan plyonka bilan himoyalangan kartondan hamda ichki bir nechta qatlamli oziq-ovqat polietileni (polipropileni) va oziq-ovqat zar qog‘ozidan iborat. O‘ramning barcha qatlamlari oziq-ovqat sanoatida foydalanish uchun ruxsat etilgan bo‘lib, juda qattiq muvofiqlik nazoratidan o‘tkaziladi. Polipropilen sutning kartonga tegishidan himoya qiladi va unga keraklicha mustahkamlik bag‘ishlaydi. Zar qog‘oz vitaminlarni parchalovchi yorug‘likni o‘tkazmaydi.

Dastavval, qadoqni shakllantirishdan oldin, rulondan olinayotgan materiallar konveyerda sterillash uchun vodorod peroksididan o‘tkaziladi, peroksid qoldiqlari ultrabinafsha lampa ostida yo‘q qilinadi, ya’ni kislorod va vodorodga parchalanadi.

Keyin qutilar avtomat tarzda shakllantiriladi va maxsus to‘ldirgichlarda havosiz qadoqlanadi. Begonalarning bunday sexga kirishi qat’iy man etilgan. Sexning ko‘p sonli xodimlari esa faqat sanitar ishlov berilganidan keyingina steril yopiq kiyimda kirishi mumkin.

Quti na havoni, na hidlarni o‘tkazadi. U Tetra Brik Aseptik deb nomlanadi va sutni konservantlarsiz va past harorat rejimisiz besh oygacha yopiq holatda saqlaydi. Shuningdek, ushbu qadoq, bizning iqlim sharoitida sutning yo‘lda buzilib qolishidan qo‘rqmasdan, uni respublikaning eng uzoq burchaklarigacha olib borish imkonini ham beradi.

Bilasizmi, Ruben Rausingning biznes hamkori Erik Vallenberg o‘zining tetraedr g‘oyasi uchun ixtirochining katta oltin medaliga sazovor bo‘lgan.

To‘g‘ri, Rausing patentni o‘zining nomiga rasmiylashtirgandi, ammo 1991-yili Shvetsiya ilmiy-muhandislik akademiyasi va boshqa yuqori idoralar Erik Vallenbergning muallifligini tan oldi. Daniyalik buyuk fizik, Nobel mukofotining laureati Nils Borning “Insoniyat tarixida hali biror martayam matematik g‘oya bu darajada muvaffaqiyatli amalda qo‘llanilmagan” deb aytgan so‘zlari Vallenberg uchun undan ham kattaroq mukofot bo‘lardi. Rausing esa ushbu qimmatli muhandislik ixtirosi asosida tijoratni yo‘lga qo‘ya oldi.

Sut haqida hamma faktlarni bilasizmi?

Unda buni isbotlang va Nestlé® Sutim’ning sovg‘alariga ega bo‘ling. Tanlov haqida www.potrebiteli.uz saytidan batafsil bilib olishingiz mumkin!

Blits-so‘rov 31-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida