Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish departamenti bilan hamkorlikda shaharda 100 ta maxsus chiqindixonani tashkil etish haqida qaror qabul qildi, deb xabar beradi “Zarnews.uz”.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

U yerda chiqindini qabul qiluvchi ishchilar axlatlarni plastmassa, karton, temir, yog‘och, shisha kabi turlarga ajratib, maxsus qutilarga joylaydi. Oziq-ovqat va maishiy chiqitlarni esa konteynerlarga qadoqlaydi.

Bugungi kunda 20 ta shunday chiqindixona ishlamoqda. Ular har kuni bo‘shatilib, axlat turlarga ajratilib, shahar tashqarisiga chiqariladi. Shu sababdan shahar aholisi chiqindilarni maxsus transport vositalari yoki chiqindixonaga olib borishga ko‘nikma hosil qilishi zarur. Ko‘chaga tashlangan axlat nafaqat tabiatni zaharlashi, balki shahar ko‘rinishini ham buzib turishini yodda saqlash lozim.