Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi olis Jom qishlog‘ida G‘ishtband suv ombori qurila boshladi, deya xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik”.

Ko‘ksaroy suv ombori. Foto: russiancouncil.ru

Ko‘ksaroy suv ombori. Foto: russiancouncil.ru

Ushbu obyektni bunyod etish uchun davlat byudjetidan 3 milliard 100 million so‘m ajratildi. 12 gektar maydonni egallovchi suv omborini 2016-yil noyabrida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Gazeta yozishicha, suv obyekti 80 yoshli mehnat faxriysi Eshturdi bobo Rahimov tashabbusi bilan bino bo‘lmoqda.

“Davlatimiz rahbarining urush va mehnat faxriylarini e’zozlashga yo‘naltirilgan qarorlaridan minnatdorman va ushbu hurmatga o‘z tashabbusim bilan javob berishga qaror qildim”, — dedi Eshturdi bobo.