Terrafugia kompaniyasi ham avtomobil yo‘llarida harakatlana oladigan, ham havoga ko‘tarilib, ucha oladigan TF-X gibrid transport vositasining yangi dizayni konsepsiyasini namoyish etdi. Bu haqda “3Dnews.ru” xabar bermoqda.

Foto: “3Dnews.ru”

Foto: “3Dnews.ru”

TF-X gibrid dvigatellar bilan ta’minlanadi. Yerda harakatlanayotganda, shuningdek, havoga ko‘tarilish kerak bo‘lganida akkumulyatorlardan kuch oladigan elektr motorlar ishlab turadi. Parvoz vaqtida esa 300 ot kuchiga ega ichki yonuv dvigatellari ishga tushadi.

Foto: “3Dnews.ru”

Foto: “3Dnews.ru”

TF-X havoda tezlikni soatiga 320 kilometrgacha oshira oladi, avtomobil 800 kilometrgacha to‘xtovsiz parvoz qilishi mumkin. Mashina salonida to‘rt kishi, xususan, uchuvchi-haydovchi joy oladi.

Foto: “3Dnews.ru”

Foto: “3Dnews.ru”

Mazkur transport vositasini ishlab chiqishda xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratish rejalashtirilmoqda. Xususan, mashina avtopilot va avtomatik ravishda uchish va qo‘nish tizimlari bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Foto: “3Dnews.ru”

Foto: “3Dnews.ru”

Tez orada TF-X’ning kichiklashtirilgan modeli Massachusets texnologiyalar institutining aerodinamik quvurida har tomonlama sinovdan o‘tkaziladi. Biroq uning keng omma uchun bozorda paydo bo‘lishi uchun kamida 8-12 yil kerakligi aytilmoqda.