2015-yilning 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Richard Houglandni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mfa.uz

Foto: mfa.uz

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.