Yo‘lovchilar oqimi ko‘payganligi sababli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarida qo‘shimcha reyslar joriy qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: uzrailpass.uz

Foto: uzrailpass.uz

27-iyuldan boshlab 760/759-raqamli “Afrosiyob” poyezdlari har kuni qatnaydi. Poyezd Toshkentdan soat 07:00 da, Samarqanddan esa 17:00 da yo’lga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha “Afrosiyob” poyezdlari faqat shanba va yakshanba kunlari 2 martadan qatnayotgandi.

760/759-raqamli poyezdlardan tashqari 762/761-raqamli poyezdlar har kuni Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.