Buxoro viloyatining Kogon tumanida byudjet mablag‘larini talon-taroj qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda “VX.uz” xabar bermoqda.

Foto: “VX.uz”

Foto: “VX.uz”

Xabar berishlaricha, “Kogon universal servis” ixtisoslashgan ta’mirlash-qurilish korxonasi rahbari Sh.Ergashev Kogon tumanining Dechaavg‘on qishlog‘ida namunaviy loyihalar asosida 10 ta uy qurish bo‘yicha “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan.

Qurilish ishlarini yakunlamasdan, hujjatlar va bosh hisobchining imzosini soxtalashtirish yo‘li bilan, huquqbuzarlar 2009—2013-yillar oralig‘ida 58 million so‘m mablag‘ni talon-taroj qilgan. Bundan tashqari, ular 2010-yili soliq organlaridan 37 million so‘m mablag‘ni yashirgan.

Ishni o‘rganib chiqqan jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi aybdorlarni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukmlar chiqardi.