Moskvadagi Domodedovo aeroportining xorijiy tashuvchisi va sherigi “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi 2015-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, jadvaldan og‘ishmagan holda eng ko‘p reys amalga oshirib, puxtalik bo‘yicha tanlov g‘olibiga aylandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 138 ta aniq reysni amalga oshirib, xorijiy aviakompaniyalar ichida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, British Airways 80 ta aniq reys bilan reytingdagi keyingi o‘rinni band etdi. Shuningdek, Qatar Airways (59 ta aniq reys) va Japan Airlines (17 ta aniq reys) ham ro‘yxatda g‘oliblar orasidan joy oldi.